«Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2027» UzBuild ixtisoslashtirilgan bo‘limi

16 - 18 mart 2027, "O`zekspomarkaz" MKK / Toshkent

Yangiliklar (for all)

Toshkent qurilish hajmi bo`yicha yetakchilikni saqlab qoldi

2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 192,0 trln. so‘mni tashkil etdi Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qurilish ishlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida amalga oshirilib, bu ko‘rsatkich 61,2 trillion so‘mga yetdi. Ikkinchi oʻrinda Toshkent viloyati 18,8 trln. so‘m, uchinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati 12,1 trln. so`mni tashkil etadi

Birinchi beshta viloyatga Buxoro viloyati ham kirdi va bu yerda 10,7 trln. so`mga, Samarqand viloyatiga esa 9,9 trln. so`mni tashkil etadi

Qashqadaryo viloyatida qurilish ishlari hajmi 9,4 trln. so`m, Andijonda 9,0 trln. so‘m, Navoiyda 8,6 trln. so‘m, Xorazmda 8,5 trln. so‘mni, Namanganda esa 8,4 trln. so`mni tashkil etadi

Surxondaryo viloyatida hisobot davrida 7,9 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. so‘mga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6,6 trln. so`mga, Jizzax viloyatida 4,8 trln. so‘mga, Sirdaryo viloyatida esa 3,7 trln. so`mni tashkil etadi



manba