«Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2027» UzBuild ixtisoslashtirilgan bo‘limi

16 - 18 mart 2027, "O`zekspomarkaz" MKK / Toshkent

Ko`rgazmaning ish vaqti

Sizni kutib qolamiz!

Tadbirning ish vaqtlari
16 mart Seshanba
10:00 - 17:00
17 mart Chorshanba
10:00 - 17:00
18 mart Payshanba
10:00 - 16:00
Tashrif shartlari:

E'tiboringiz uchun - tadbirga tashrif buyuruvchilarni qabul qilish tadbirning ish kuni tugashiga 30 daqiqa qolganda yopiladi.

16–18 mart kunlari ko‘rgazmaga kirish faqat soha mutaxassislari va tegishli sohalarda faoliyat yurituvchi shaxslar uchun ochiq.

Talabalar ko‘rgazmaga 18 mart kuni faqat guruh tarkibida va rahbar hamrohligida tashrif buyurishlari mumkin.

17 yoshgacha bo'lgan shaxslar (ota-onalar hamrohligida) ko'rgazmaga faqat 18 mart kuni tashrif buyurishlari mumkin.

Shuningdek, tadbirda taklifnoma chiptasi bilan ishtirok etishingiz mumkin, ko‘rgazma maydonida ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga beydj taqdim etiladi.

Tashkilotchining ko'rgazmaga tashrif buyurish taklifini qabul qilgan, shuningdek, onlayn tarzda tashrif buyuruvchi sifatida ro'yxatdan o'tgan barcha shaxslar ushbu Qoidalarga rozi bo'ladilar va ularga rioya qilish majburiyatini oladilar.
O'tkazilish joyi

Ko'rgazma majmuasi hududidagi servis xizmatlari
    Tibbiyot punkti
  • Qahvaxona
  • Tadbir tashkilotchilari idorasi
  • Ish safari hujjatlari