«Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2027» UzBuild ixtisoslashtirilgan bo‘limi

16 - 18 mart 2027, "O`zekspomarkaz" MKK / Toshkent

Tashrif buyuruvchilar tarkibi

2023-yilda ko`rgazmaga dunyoning 30 mamlakati va O`zbekistonning 12 hududidan 12 mingdan ortiq qurilish sohasi mutaxassislari tashrif buyurishdi, ular orasida: ulgurji va chakana savdo kompaniyalari vakillari; qurilish kompaniyalari vakillari; loyiha, montaj va qurilish tashkilotlari mutaxassislari; qurilish texnikasi va uskunalari dilerlari; xizmat ko`rsatish va yo`l-ta`mirlash kompaniyalari mutaxassislari; xizmat ko`rsatish sohasi vakillari; davlat sektori vakillari.