Ko`rgazma haqida
Qurilish sohasi O‘zbekiston davlat iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir.
Qurilish hajmining barqaror o‘sib borayotgani mamlakat hukumatining umumiy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, infratuzilmani rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha strategik tashabbuslarini aks ettiradi. Kompleks rivojlanish strategiyasi kabi davlat dasturlarida infratuzilma, shaharlarni obodonlashtirish va uy-joy qurilishiga ustuvor ahamiyat berilgan.
Ushbu sharoitlarda bunday keng ko‘lamli va ulkan reja va ishlarni amalga oshirish uchun xorijga chiqmasdan sotib olinadigan tegishli texnika, texnologiya va materiallar zarur.
UzBuild xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekistondagi qurilish industriyasining eng muhim tadbiri va xalqaro qurilish hamjamiyati uchun eng samarali namoyish etuvchi biznes-platforma hisoblanadi.
Butunjahon ko‘rgazma sanoati assotsiatsiyasi (UFI) tomonidan tasdiqlangan maqomga ega mamlakatdagi yagona qurilish va interyer ko‘rgazmasidir.
Shuningdek, ushbu ko‘rgazmaning eng katta qismi bo‘lgan qurilish texnologiyalari va uskunalari BuildTech bo‘limi an’anaviy ravishda 2027-yil 16-18 mart kunlari UzBuild doirasida o‘tkaziladi.
Tadbir quyidagi vazirlik va idoralar rasmiy ko‘magida o‘tkaziladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
- "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi
- “QurilishMashLizing” Respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi AJ.
2027-yil 16-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan 27-O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmasi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqada o‘zining ko‘lami va ishtirokchilari soni bo‘yicha №1 ko‘rgazma sifatidagi mavqeini saqlab qoladi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasi 16 000 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi va tadbirda 450 kompaniya 22 mamlakatdan ishtirok etadi. Ko‘rgazmaga 21 mamlakatdan 11 000 dan ortiq soha mutaxassislari tashrif buyuradi.
UzBuild 2026ning fakt va raqamlari:
Ko‘rgazmaning umumiy maydoni (brutto): 16 000 kv.m.
Ishtirokchi kompaniyalar soni: 450 ta
Ishtirokchi davlatlar: 22
Milliy pavilonlar:
- Germaniya
- Turkiya
- Buyuk Britaniya
Jamoaviy stendlar:
- Kaluga, Pskov, Moskva, Ural, Lipetsk viloyatlari, shuningdek, Tatariston Respublikasi, Boshqirdiston Respublikasi va Krasnoyarsk o‘lkasining 8 ta jamoaviy stendi.
- Belarus Respublikasining jamoaviy stendi
- ANMOPYC Ispaniya assotsiatsiyasining jamoaviy stendi
2026-yilda ko‘rgazmaga dunyoning 21 mamlakati va O‘zbekistonning 12 hududidan 11 mingdan ortiq qurilish sanoati mutaxassislari tashrif buyuradi. Ular orasida:
- ulgurji va chakana savdo kompaniyalari vakillari;
- developer kompaniyalari vakillari;
- loyihalash, montaj qilish va qurilish tashkilotlari mutaxassislari;
- qurilish texnikasi va uskunalari dilerlari;
- servis va yo‘l qurilish va ta’mirlash kompaniyalari mutaxassislari;
- xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari;
- davlat sektori vakillari.