«Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2026» UzBuild ixtisoslashtirilgan bo‘limi

10 - 12 fevral 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

Qozog’iston O’zbekistondan qurilish materiallarini sotib olish bo’yicha yetakchilik qildi

O'tgan yili eksport qariyb $160 mlnni tashkil etdi
Qozog’iston O’zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining asosiy xaridoridir. Bu haqda «O’zsanoatqurilishmateriallari» matbuot xizmati xabar bermoqda.

O’tgan yili O’zbekiston Qozog’istonga 14 turdagi qurilish materiallari va xomashyosini $158,4 mlnga eksport qildi. Joriy yilning birinchi olti oyida eksport hajmi $87,5 mlnni tashkil etdi.

Eslatib o’tamiz, 2023 yilda O’zbekistondan Qozog’istonga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi rekord darajada $22,2 mlnga yetdi.