«Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2026» UzBuild ixtisoslashtirilgan bo‘limi

10 - 12 fevral 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistonda uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalar 3,8 trillion so‘mni tashkil etdi

O'zbekiston, Toshkent - Kapital.uz
Investitsiyalarning asosiy qismi xususiy investitsiyalar hisobiga tushadi

Joriy yilning birinchi choragida uy-joy qurilishiga 3 trillion 800 milliard so‘mga yaqin investitsiya yo‘naltirildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Uy-joy qurilishi sohasining rivojlanishi asosan xususiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Joriy yilning birinchi choragida ular 3,6 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, davlat investitsiyalari atigi 9,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Korxona va tashkilotlar tomonidan uy-joy qurilishiga 5,3 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi, qolgan mablag‘lar boshqa manbalar hisobidan o‘zlashtirildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda 27,6 trillion soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan edi.