Yangiliklar
Samarqand viloyatida 1,1 milliard dollarlik yangi texnopark paydo bo‘ladi
Samarqand viloyatida 1,1 milliard dollarlik yangi texnopark barpo etiladi.
Texnopark Nurobod tumanida joylashgan 115 gektar maydonda quriladi. Ushbu loyiha bo‘yicha qarorni O‘zbekiston Prezidenti 4-avgust kuni imzoladi.
Loyiha 2030-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning doirasida 5 000 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Texnopark uchun yer Sazagon massivida ajratilgan. Mazkur hudud ilgari "Urgut" EIZ tarkibiga kirgan, endilikda esa yangi investor tasarrufiga o‘tkazilmoqda.
Loyihani boshqarish xorijiy kompaniyaga topshiriladi. Hududda 3–4 qavatli ishlab chiqarish binolari qurilib, yuqori texnologiyali korxonalar joylashtiriladi.
Texnopark sanoatni rivojlantirish va mintaqadagi investitsiya muhitini yaxshilash strategiyasining bir qismi bo‘ladi.