«Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2026» UzBuild ixtisoslashtirilgan bo‘limi

10 - 12 fevral 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

Yangi Toshkent qurilishi uchun yana 122 gektar maydon ajratildi

Yerlar Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidagi qishloqlar hududidan oʻtkazilgan.

Viloyat hokimi qaroriga muvofiq Yangi Toshkent qurilishi uchun Yuqorichirchiq tumanidan 122,3 gektar yer maydoni ajratildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Bordonqul qishlog‘i hududidan 75,22 gektar, Do‘stlik qishlog‘idan 47,1 gektar yer ajratildi.
Aytish joizki, shu kungacha 220 gektardan ortiq yer maydoni “Yangi Toshkent qurilish” direksiyasiga doimiy foydalanish uchun berilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida Yangi Toshkent hududida 7 ta ob’ekt: Yangi O‘zbekiston universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalar shaharchasi, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi san’at bilim yurti, Milliy maqom markazi qurilishi boshlangan edi.

Manba